» » XTV va Klett kompaniyasi darsliklarni chop qilish sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qildi

XTV va Klett kompaniyasi darsliklarni chop qilish sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qildi


O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Umarov Germaniyaning Klett noshirlik kompaniyasi xalqaro huquq va noshirlik masalalari bo‘yicha rahbari Anita Kolb boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Nemis kompaniyasi vakillari O‘zbekiston xalq ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot oldi. Ta’kidlandiki, hozirda Xalq ta’limi vazirligi darsliklar va o‘quv dasturlarni qayta ko‘rib chiqish jarayonini boshladi.

Jumladan, vazirlik ba’zi fanlar bo‘yicha boshqa mamlakatlarda o‘zini tavsiya etgan xorij darsliklarini sotib olish imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda.

Klett noshirlik kompaniyasi vakillari o‘z mahsulotlari, jumladan, darsliklar haqida ma’lumot taqdim etdilar. Anita Kolb Xalq ta’limi vazirligi o‘rganib chiqish uchun bir necha darsliklarni taqdim etdi.

Tomonlar Xalq ta’limi vazirligi va Klett kompaniyasi o‘rtasida darsliklar va kitoblarni chop etish sohasida hamkorlik o‘rnatish masalalarini o‘rganib chiqishga kelishib oldilar.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2018, 14:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют