» » Abdulaziz Komilov Bryusselda Yevropa Ittifoqi komissari bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Bryusselda Yevropa Ittifoqi komissari bilan uchrashdi


21-noyabr kuni Bryussel shahriga amaliy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Yevropa Ittifoqining Xalqaro hamkorlik va rivojlanish masalalari bo‘yicha komissari Neven Mimitsa bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni, jumladan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” shaklidagi aloqalarni yanada rivojlantirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dinamik va samarali ko‘rinishi mamnuniyat bilan qayd etildi. Xususan ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda, shu nuqtayi nazardan O‘zbekistonda “Xususiy huquq” va “Tibbiyot” kabi mutaxassisliklarda Yevropa OTMlari filiallari tarmog‘ini oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda umumiy kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Shu kunning o‘zida O‘zbekiston delegatsiyasi tashrifi doirasida umumiy budjeti 25 million yevro bo‘lgan “Chorvachilik sektorini rivojlantirish”, “Adliya organlari tomonidan respublika mintaqalarida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash” loyihalarini Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2018, 15:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют