» » Toshkentda “Ozod yurt to‘lqinlari” XI an’anaviy media-festivali bo‘lib o‘tdi

Toshkentda “Ozod yurt to‘lqinlari” XI an’anaviy media-festivali bo‘lib o‘tdi


Joriy yilning 21-noyabr kuni O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tashkil etilganining 15 yilligiga bag‘ishlab XI an’anaviy media-festival bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zEOAVMA matbuot xizmati xabar berdi.

“Ozod yurt to‘lqinlari” media-festivalidan ko‘zlangan asosiy maqsad istiqlol yillarida jamiyat hayotining turli jabhalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini aholimizning keng qatlamlariga yetkazish, bu yo‘nalishda nodavlat teleradiotarmoqlarda samarali mehnat qilayotgan jurnalist va texnik xodimlarni rag‘batlantirishdir.

Media-festival O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha parlament komissiyasi moliyaviy ko‘magidava bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazildi.

“Ozod yurt to‘lqinlari” XI an’anaviy media-festivali “Kelajak bugundan boshlanadi” shiori ostida tashkil etilib, yangi formatda o‘tkazildi. Bu, birinchi navbatda, yangicha ko‘rinishdagi ijodiy yoshlar tomonidan tayyorlangantaqdimotlarda o‘z ifodasini topdi.

Nodavlat teleradiokompaniyalarining eng yaxshi mutaxassislari milliy jurnalistika rivojiga qo‘shgan xissalari uchun yil natijalariga ko‘ra bir qator nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.

Shular jumlasidan “Innovatsion yondashuv uchun”, “Oilaviy qadriyatlar doim trendda”, “Tezkor, aniq va batafsil”, “Markazda yoshlar”, “Hududda yetakchi”, “O‘zEOAVMAning eng yaxshimedia-loyihalari”nominatsiyalari. Shuningdek, ijodiy yoshlar “2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini yoritishda faol hamkorligi uchun”, “Nodavlat teleradiouzatuvchilar rivojiga qo‘shayotgan hissasi uchun”, “O‘zEOAVMA bilan ishonchli va uzoq yillik hamkorligi uchun”, “Bolalar va yoshlar yo‘nalishidagi faol hamkorlik uchun”, “O‘zEOAVMA bilan samarali ijtimoiy sheriklik uchun” nominatsiyalari bo‘yicha baholandi. G‘olib va sovrindorlar “onlayn” tarzida ovoz berish bilan aniqlandi, uning natijalariga ko‘ra, eng munosiblari “Ozod yurt to‘lqinlari” haykalchalari, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Festival doirasida “O‘zbekiston nodavlat ommaviy axborot vositalari: kelajak chaqiriqlari va rivojlanish istiqbollari” mavzuida xalqaro konferensiya va Yoshlar media-forumi o‘tkazildi.

Media-festivalda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar rahbar vavakillarihamda mamlakatda faoliyat yurituvchi ommaviy axborot vositalari, O‘zEOAVMA ga a’zo 50 dan ortiq nodavlat teleradiostansiyalar direktorlari, bosh muharrirhamda ijodiy xodimlari ishtirok etdi.

Anjuman ishtirokchilari sessiyalardao‘tkazilgan “Bolalarni tarbiyalash va ularning rivojlanishidagi OAVning keng ko‘lamdagi faoliyati”, “Mustaqil jurnalistikaning rivojlanishi:O‘zbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot”, “OAV, hukumat va fuqarolik jamiyati manfaatlarini ta’minlashdagi o‘zaro uyg‘unlik”, “Parlament komissiyasi fuqarolik jamiyatiinstitutlarini qo‘llab-quvvatlash vositasi”, “Xalqaro media standartlariningasoslari. Germaniya tajribasi” O‘zEOAVMA hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligi natijalariga oidmasalalar muhokamalarida qatnashdi.

Anjumanda nodavlat ommaviy axborot vositalarining demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurilishdagi roli muhokama etildi, bu borada xalqaro tajribalar tahlil etildi, taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Yoshlar media-forumida O‘zEOAVMA hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi hamkorligi natijalari, 2019-yilda amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti, bir qator dolzarb masalalar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2018, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют