» » Qashqadaryodagi 1000 ta maktabning 300 tasi “burjuyka”da isitiladi

Qashqadaryodagi 1000 ta maktabning 300 tasi “burjuyka”da isitiladi


Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Otabek Nazirovning aytishicha, Qashqadaryo viloyatida 1000 ta maktabning 300 tadan ziyodi “burjuyka”da isitiladi. U bu haqda Turon24’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Toshkent shahrini hisobga olmaganda, viloyatlarni aytadigan bo‘lsak, qish paytida maktablarni isitish – eng asosiy muammo. Men maktablarni ko‘rib chiqdim. Ko‘pchiligi eski “burjuyka”da isitilarkan. Sinfning chetiga o‘rnatiladigan, mo‘risi tashqariga chiqarib qo‘yilib, ko‘mir bilan yoqiladigan pechka “burjuyka” deyiladi. Bu sinfda o‘tirgan bola bechora is gazidan nafas oladi. Masalan, Qashqadaryo viloyatida 1000 ta maktab bor. Shuning ichida 300 tadan ko‘pi “burjuyka”da ishlarkan”, deydi Otabek Nazirov.

Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari ayni paytda maktablardagi “burjuyka”lardan voz kechib, iloji bo‘lsa, yangi energiya tejamkor isitish tizimlariga investitsiya kiritish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. “Lekin buni amalga oshirish uchun vaqt kerak. Bir oy muddatning ichida, yarim yildayam bu narsa birdaniga hal bo‘lmaydi”, – deydi u.

Sentabr oyida Xalq ta’limi vazirligi mahalliy hokimliklarni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, o‘quvchilarga yaxshi ta’lim olishlari va ularga qulay sharoitlarni yaratish uchun zarur choralarni ko‘rishga chaqirgandi.

Shunga qaramay Xalq ta’limi vazirligi tomonidan maktablarga yetkazib berilayotgan ko‘mirning sifati o‘rganilganda, aksar hollarda maktablarga yetkazib berilayotgan ko‘mirning sifati juda past ekani aniqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2018, 18:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют