» » Andijonda militsioner navbatchilik paytida halok bo‘ldi

Andijonda militsioner navbatchilik paytida halok bo‘ldi


Andijon viloyati Izboskan tumani ichki ishlar organlari xodimi Ilhomjon Haydarov ko‘chada noma’lum erkakning zarbasi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Voqea 21-noyabr kuni soat 21:00 da, Haydarovning (1989-yili tug‘ilgan) navbatchiligi chog‘ida ro‘y berdi. U ko‘chada uchragan bir necha kishining shaxsini aniqlashga uringanida ulardan biri ichki ishlar organlari xodimiga zarba berdi. Xodim 22-noyabrga o‘tar kechasi Paxtaobod tumani shifoxonasida hayotdan ko‘z yumdi.

Voqea yuzasidan O‘zbekiston JKning 97-moddasi 2-bandi (og‘irlashtiruvchi vaziyatda qasddan qotillik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Zarba bergan shaxs gumondor sifatida, qolganlar guvohlar sifatida qo‘lga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2018, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 92) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют