» » Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston qishloqlarini rivojlantirishga 25 mln yevro ajratadi

Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston qishloqlarini rivojlantirishga 25 mln yevro ajratadi


Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston qishloqlarida biznes va aholi rivojini qo‘llab-quvvatlash uchun 25 million yevro ajratadi. Bu haqda tuzilmaning xalqaro hamkorlik va rivojlanish bo‘yicha komissari Neven Mimitsa tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevroittifoq — O‘zbekiston hamkorlik kengashi oldidan o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar beradi Turon 24.

Yevroittifoq O‘zbekistonda 2025-yilgacha chorvachilik sohasini rivojlantirishga 15 mln yevro ajratgan. Mazkur yordam bu sohadagi siyosat va davlat xizmatlarini yaxshilash, veterinariya xizmatlari va tadqiqotlarini takomillashtirish, daromadli zanjirli rivojlanish va kichik biznesni bozorga yo‘naltirish tizimlarini texnik va moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Davlat xizmatlarini markazlashtirishdan chiqarish, tizimlarni integratsiyalash va fuqarolar ishtirokini oshirishga 10 million yevro ajratilgan. Ushbu loyiha “Qishloq joylarida davlat xizmatlari ko‘rsatish va boshqaruv” deya nomlangan bo‘lib, 2024-yilgacha mo‘ljallangan. Loyiha fuqarolar faolligini kuchaytirish, ularning ma’lumot olishini osonlashtirish hamda O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimining shaffofligini oshirishga xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2018, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 19) ( 1) ( 16) ( 2)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...