» » “Sarvqomat dilbarim” filmi 6-dekabrdan boshlab Qirg‘izistonda namoyish etiladi

“Sarvqomat dilbarim” filmi 6-dekabrdan boshlab Qirg‘izistonda namoyish etiladi


Qirg‘izistonlik kinoijodkorlar bilan hamkorlikda rejissyor Sarvar Karimov tomonidan Chingiz Aytmatov asari asosida tasvirga olingan “Sarvqomat dilbarim” filmi 6-dekabrdan boshlab Qirg‘iziston kinoteatrlarida namoyish etiladi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot kotibi Azizbek Qurbonov ma’lum qildi, deya xabar beradi Turon 24.

“Film endilikda Qirg‘izistonning markaziy kinosaroylarida qirg‘iz tilida namoyish etiladi. Qirg‘izistondagi namoyish Chingiz Aytmatov tavalludi (12-dekabr) munosabati bilan taqdim etilmoqda. Ikki millat kinoijodkorlari bilan hamkorlikda yaratilgan yangi kinoasarning Qirg‘izistondagi namoyishi ham muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonamiz”, — dedi Azizbek Qurbonov.

Filmdagi bosh qahramon – Asal roliga Qirg‘iziston akademik teatri aktrisasi Madina Talipbek taklif etilgan. Shuningdek, Xadicha rolini ham qirg‘iz aktrisasi Elina Abay qizi ijro etgan. Yangi kinokartinada Matyoqub Matchonov, Bobur Yo‘ldoshev, Adiz Rajabov, Ulug‘bek Qodirov kabi o‘zbek aktyorlari suratga tushgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2018, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют