» » Filippinda terrorchilar 70 yoshli germaniyalik asirni qatl qildi

Filippinda terrorchilar 70 yoshli germaniyalik asirni qatl qildi


Filippinning “Abu Sayyaf” ekstremistik guruhi jangarilari o‘tgan yilning noyabr oyidan buyon o‘z qo‘llari ostida asirlikda saqlanayotgan 70 yoshli Germaniya fuqarosi Yurgen Kantnerning o‘ldirilishi aks etgan videoyozuvni tarqatdi, deb yozadi Meduza terrorchilar faoliyatini monitoring qiluvchi SITE Intelligence Group tashkilotiga tayanib.

Videoda guruh a’zolaridan biri Kantnerning boshini tanasidan judo qilayotgani aks etgan.

“Abu Sayyaf” asirni ozod etish uchun 30 million Filippin pesosini (taxminan 600 ming dollar) talab qilgan edi, to‘lov muddati 26-fevralda tugadi.

Filippin hukumati Kantnerning o‘limi haqidagi ma’lumotni tasdiqladi. Hukumat vakili aytishicha, “so‘nggi lahzagacha ko‘plab muassasalar, shu jumladan, kuch muassasalari uni qutqarish uchun barcha imkoniyatini ishga solgan”.

Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda terrorchilar yetti nafar filippinlik va 19 nafar chet ellikni asirlikda saqlamoqda.

Опубликовано: admin (28-02-2017, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 50) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют