» » Majburiy ijro byurosi chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha to‘lovlarni nazorat qiladi

Majburiy ijro byurosi chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha to‘lovlarni nazorat qiladi


2019-yil 1-yanvardan boshlab aholi tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish uchun to‘lanadigan to‘lovlarning to‘liqligi va o‘z vaqtida amalga oshirilishini Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi nazorat qiladi. Bu O‘zbekiston Prezidentining 22-noyabrda imzolagan farmonida belgilangan, deb yozmoqda “Gazeta.uz”.

Shu sanadan boshlab aholi joriy oy uchun chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish bo‘yicha to‘lovlarni keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay to‘lashga majbur.

Mablag‘lar yagona tranzit bank hisobraqamiga kelib tushadi va undan keyin Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlarining maxsus g‘aznachilik hisobraqamiga o‘tkaziladi. Bu hokimiyat organlari qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning xizmati uchun haq to‘laydi.

Farmonga muvofiq, 1-yanvardan boshlab yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga kelishuv asosida chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish bo‘yicha oldindan 100 foiz to‘lovni amalga oshirishi kerak.

Jismoniy shaxslardan qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi sudlarga ariza to‘lovlar olti oy davomida amalga oshirilmagan taqdirda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy organlari tomonidan kiritiladi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy organlari qoshida sanitariya tozalash xizmatlarini tashkil qilish bo‘yicha markazlar tuziladi. Har bir tuman va shaharga mazkur markazning mutaxassisi biriktiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2018, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют