» » Aniqlandi: Andijon viloyatida militsionerni do‘pposlab o‘ldirishgan

Aniqlandi: Andijon viloyatida militsionerni do‘pposlab o‘ldirishgan


Andijon viloyati Izboskan tumani Ichki ishlar bo‘limi tezkor vakili Ilhom Haydarov ko‘chada noma’lum shaxslar tomonidan kaltaklanishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar qildi.

Hodisa 22-noyabr kuni taxminan 01:30 da Haydarov (1989-y. t.) hamkasbi S.Ya. bilan xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda sodir bo‘ldi. Ular ko‘chada yetti erkak — Z. T., S. N., F. Yu., E. E., A. S., X. M. va A. J.ning shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida ulardan o‘zlarini tanishtirishni so‘raydi. Biroq A.J. ularning talabiga bo‘ysunmasdan, faol qarshilik ko‘rsatib, telefon orqali ukasi S.J. va jiyani Z.Q.ni hodisa joyiga chaqirib, ular bilan birga S.Ya. va Ilhom Haydarovni kaltaklaydi. S.Ya. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan bo‘lsa, Haydarov hodisa joyida hayotdan ko‘z yumadi.

Mazkur holat bo‘yicha viloyat prokuraturasi tomonidan A.J., S.J. va Z.Q.larga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “g”, “l”, “p bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumondorlar ushlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2018, 08:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют