» » Tojikiston birinchi marta Xo‘jand koloniyasidagi qo‘zg‘olon yuzasidan rasmiy izoh berdi

Tojikiston birinchi marta Xo‘jand koloniyasidagi qo‘zg‘olon yuzasidan rasmiy izoh berdi


Tojikiston rasmiy shaxslari birinchi marta 8-noyabr kuni Xo‘jand shahridagi 3-axloq tuzatish va mehnat koloniyasida yuz bergan qo‘zg‘olon yuzasidan izoh berdi, deb yozadi Asia-Plus.

Mamlakat tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin Bryusseldagi matbuot anjumanida ma’lum qilishicha, tartibsizliklar chog‘ida 21 nafar isyonchi zararsizlantirilgan, qo‘zg‘olonda asosan terrorizm uchun sudlanganlar, shu jumladan IShID tarafdorlari qatnashgan.

“Koloniya qo‘riqchilari va xodimlari isyonchilarni muzokaralarga chaqirgan, ammo ular qarshilik ko‘rsatishda davom etgan, bir necha kishi qochishga uringan… O‘ldirilgan mahbuslarning 12 nafari Suriya va Iroqda IShID tomonida turib jang qilgani uchun jazo o‘tayotgan edi, uch nafari — “Ansorulloh”, “Jundulloh” va O‘zbekiston islom harakati ekstremistik guruhlari a’zolari bo‘lgan, qolgan olti kishi qotillik va narkotik vositalar kontrabandasi kabi o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun sudlangan”, — dedi Tojikiston tashqi ishlar vaziri.

U g‘alayon chog‘ida koloniyaning ikki xodimi o‘ldirilgani, besh qo‘riqchi og‘ir jarohatlar bilan kasalxonalarda yotganini tasdiqladi. Xo‘jand koloniyasidagi qo‘zg‘olonni takshirish bilan Tojikiston Bosh prokuraturasining maxsus guruhi shug‘ullanmoqda.

Avvalroq qo‘zg‘olon qurbonlar soni 47 kishiga yetgani xabar berilgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2018, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют