» » O‘zbekistonda avtomobil oynalarini qoraytirishga oid yangi nizom qabul qilinadi

O‘zbekistonda avtomobil oynalarini qoraytirishga oid yangi nizom qabul qilinadi


“Xorijiy davlatlarning oynalari tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun majburiy yig‘imlarni undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi portaliga joylashtirildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB Telegram-kanalida xabar berildi.

Mazkur Nizom xorijiy davlatlarning oynalari tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun majburiy yig‘imlarni undirish tartibini belgilaydi.

Nizomda xorijiy davlatlarning oynalari tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalari deganda, xorijiy davlatlarning ro‘yxatga olish idoralarida ro‘yxatda turgan, yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan, haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan, to‘la vazni 3,5 tonnagacha bo‘lgan, old, yon va orqa oynalaridan biri yoki bir nechtasining (tomidagi lyuk oynasi bundan mustasno) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) avtotransport vositalari tushuniladi.

Xorijiy davlatlarning oynalari tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushadigan 15 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik kirgan yoki tranzit harakatlanishida bo‘lgan chet el rasmiy delegatsiyalarining oynalari tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalariga tadbiq etilmaydi.

Xorijiy davlatlarning oynalari tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalari haydovchilaridan yig‘imlarni undirish milliy valyuta “so‘m”da O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha naqd pulsiz shaklda yoki tijorat banklari tomonidan naqd pul shaklida, bevosita bojxona postlarida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi chegara bojxona postlari:

Chegara bojxona postlaridagi bank kassalari:

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining yo‘l-patrul xizmati:

Xorijiy davlatlarning oynalari tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalari haydovchilaridan undirilgan yig‘im mablag‘larini tijorat banklari orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xorijiy davlatlarning oynalari tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) yengil avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun undirilgan majburiy yig‘im mablag‘larining ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga maqsadli yo‘naltirilishini ta’minlaydi.

Chegara bojxona postlaridagi bank kassalari tomonidan berilgan majburiy yig‘imlar qabul qilinganligi haqida kvitansiya yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun ichki ishlar organlarining ruxsatnomasiga tenglashtiriladi.

Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2018, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют