» » “Oskar”da eng yaxshi film bilan chalkashlikka kim sababchi bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

“Oskar”da eng yaxshi film bilan chalkashlikka kim sababchi bo‘lgani ma’lum bo‘ldi


“Oskar” kino mukofoti sovrindorini aniqlab beruvchi ovoz berish yakunlarini kuzatib boruvchi PriceWaterhouseCoopers (PwC) auditorlik kompaniyasining Amerikadagi bo‘linmasi raisi Tim Rayan mukofotni topshirish marosimidagi chalkashlikka insoniy faktor sababchi bo‘lgani — “Eng yaxshi film” nominatsiyasida mukofot sovrindorini e’lon qiluvchi kishiga konvertni PwC vakili topshirganini aytdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

“Marosim yakunida biz insoniy faktor tufayli kelib chiqqan xatolikka yo‘l qo‘ydik”, — dedi Rayan USA Today nashriga bergan intervyusida. Uning qo‘shimcha qilishicha, ular xatolik yuz berganini anglashi bilan darhol bu haqda ma’lum qilishga shoshilgan.

“Biroz tartibsizlik yuzaga keldi, va biz sahnaga chiqib, xatolik haqida odamlarga e’lon qilganimizcha, ancha vaqt o‘tib ketdi”, — dedi Rayan.

Avvalroq PwC xatolikdan aziyat chekkan ikkala film yaratuvchilaridan, boshlovchilardan, shuningdek, shou tomoshabinlaridan uzr so‘rab, hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazishini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, marosim chog‘ida sahnadan “Eng yaxshi film” nominatsiyasida “La-La Lend” g‘olib bo‘lgani haqida e’lon qilingach, kartina prodyuseri mikrofon qarshisiga kelib, xatolik yuz berganini aytgandi. Ma’lum bo‘lishicha, tashkilotchilar konvertlarni chalkashtirib yuborgan, va aslida esa eng yaxshi kartina deya “Oy shu’lasi” e’tirof etilgan.

Опубликовано: admin (28-02-2017, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют