» » Termizda militsioner mast holda xizmat mashinasini boshqarayotib, YPX xodimini urib yubordi, u vafot etdi

Termizda militsioner mast holda xizmat mashinasini boshqarayotib, YPX xodimini urib yubordi, u vafot etdi


10-noyabr kuni soat 24:00 larda Termiz shahar IIO FMB 1-sonli IIB JQG tezkor vakili J.M. xizmat yuzasidan biriktirilgan Damas rusumli, 75/029 VSF davlat raqamli xizmat avtomashinasini mast holda boshqarib kelib, shaharning “Bog‘ishamol” mahallasi A.Navoiy ko‘chasida xizmat vazifasini o‘tayotgan viloyat IIB YHXB AYPXO 1-safarbarlik guruhi YPX katta inspektori P.Ch.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

P.Ch. olgan tan jarohatlari natijasida 19.11.2018-yilda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filialida vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining 19.11.2018-yildagi 207-sonli dastlabki xulosasiga ko‘ra, P.Ch.ning o‘limiga bosh miya yopiq jarohati, ko‘plab suyak sinishi jarohatlari, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan 19.11.2018-yilda Termiz shahar prokuraturasi tomonidan J.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2018, 10:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют