» » O‘zbekistonda tomoshabinlar tomonidan eng ko‘p ko‘riladigan telekanallar nomi e’lon qilindi

O‘zbekistonda tomoshabinlar tomonidan eng ko‘p ko‘riladigan telekanallar nomi e’lon qilindi


O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan har yili ana’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Ozod yurt to‘lqinlari” media festivali mamlakatdagi eng yaxshi nodavlat teleradiokompaniyalarni aniqladi. Ushbu festival O‘zEOAVMA 15 yilligi bilan hamohang tarzda tashkil etildi. Bu haqda O‘zEOAVMA  matbuot xizmati xabar berdi.

“Ozod yurt to‘lqinlari” media festivali televideniye va radio sohasida erishgan yutuqlari, mamlakatda sohani rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun beriladigan mukofotdir.

Bu yil mukofot 10 ta tele-radiostansiya uchun quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha berildi:

“Bu yil O‘zEOAVMA Ekspertlar Kengashi “Ozod yurt to‘qinlari” media-festivali g‘oliblarini aniqlashda “Kantar TNS” teleeshittirishlari bo‘yicha olib borgan tadqiqotlar natijalarini hisobga oldi. Bu esa o‘z navbatida mamlakat televideniye industriyasi va milliy reklama bozori uchun muhim yangilik. Noyabr oyining birinchi yarmidagi tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatdiki, ‘Zo‘r-TV’, ‘Sevimli-TV’, ‘Mening yurtim’ nodavlat telekanallari tomoshabinlar tomonidan eng ko‘p ko‘rilgan kanallar sifatida yetakchilik qildi. Yangilik va axborot segmentida esa O‘zEOAVMAning ‘Zamon’ axborot-tahliliy dasturi hamda ‘Mening yurtim’ telekanalining ‘Markaziy studiya’ dasturlari yuqoriladi”, — deydi O‘zEOAVMA boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov.

Festival davomida bir qator jurnalistlar va texnik xodimlar assotsiatsiya hamkorlari, jumladan, Germaniyaning Konrad Adenauer jamg‘armasining O‘zbeksitondagi vakolatxonasi, UNЕSCO, shuningdek, O‘zbekistonning bir qator davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2018, 11:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют