» » Pentagon Donald Trampga IShIDga qarshi kurash rejasini topshirdi

Pentagon Donald Trampga IShIDga qarshi kurash rejasini topshirdi


Donald Trampning topshirig‘idan bir oy o‘tib, AQSh Mudofaa vazirligi Oq uyga IShID terrorchilik tashkilotiga qarshi kurashni kuchaytirish yo‘llaridan iborat rejani yubordi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Taklif etilayotgan reja harbiy, diplomatik va moliyaviy choralarni o‘z ichiga oladi.

Avvalroq Donald Tramp IShIDni yo‘qotishga oid yangi rejani ishlab chiqish doirasida Suriyada terrorchilarga qarshi kurashda yanada faolroq ishtirok etishga qaror qilishi mumkinligi xabar qilingan edi.

AQShning yangi strategiyasi IShIDga qarshi kurash bo‘yicha ittifoqqa yangi hamkorlarni qo‘shishni nazarda tutishi mumkin. Vashington tuzilayotgan reja doirasida nafaqat Suriyadagi harbiy harakatlarni Rossiya bilan tartibga solishni boshlashi, balki Turkiyaning qo‘llab-quvvatlashiga erishishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Pentagon Amerika armiyasining doimiy bo‘linmalarini vaqtincha Suriyaning shimoliga ko‘chirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Mudofaa vazirligidagi manbaga asoslangan CNN nashrining ma’lumotiga ko‘ra, bu borada so‘nggi qarorni Donald Tramp qabul qiladi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (28-02-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют