» » LG CES 2019 Innovation Awards mukofotlarini oldi

LG CES 2019 Innovation Awards mukofotlarini oldi


5 ta kamerali smartfon LG V40 smartfoni Best of Innovation nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Iste’mol texnologiyalari uyushmasi LG Electronics (LG) kompaniyasiga Best of Innovation nominatsiyasida texnologiya va dizayn sohasida inqilobiy yangiliklari uchun CES 2019 Innovation Awards mukofotlarini topshirdi. Yangi smartfonlar, aqlli soatlar, LG OLED televizorlari, tovush tizimlari va maishiy texnika uchun ko‘plab sovrinlar topshirildi.

LG’dan OLED-televizorlar, maishiy texnika va yangi smartfonlar qatorasiga yetti yil CES Innovation Awards mukofotlarini qo‘lga kiritdi. Bu CES® nomi bilan tanilgan iste’mol elektronikasi har yillik ko‘rgazmasida taqdim etilgan eng innovatsion mahsulotlar uchun sohaning rasmiy tan olinishi hisoblanadi. LG LG V40 ThinQ smartfoni va 2019-yilgi ko‘rgazmada taqdim etiladigan eng innovatsion tovush tizimlari uchun CES Best of Innovation Awards nufuzli sovrinini qo‘lga kiritadi.

Kompaniyaning CES 2019 Innovation Award mukofotidagi ko‘p sonli g‘alabalari bo‘yicha LG V40 ThinQ, LG G7 ThinQ smartfonlari va LG Watch W7 soatlari yetakchilik qilmoqda.

LG‘ning boshqa mahsulotlari ham zamonaviy kir yuvish mashinalari, zamonaviy televizorlar, audio tizimlar, kompyuterlar va boshqa ko‘plab narsalar uchun mukofotlarni qo‘lga kiritdi. Ular CES 2019 ko‘rgazmasida taqdim etiladi.

Amerika sanoat dizaynerlari assotsiatsiyasi ko‘magida CTA tomonidan homiylik qilinuvchi CES Innovation Awards mukofoti dizayn va injenerlik sohasidagi yutuqlarni baholaydi. Mukofotlar har yili turli mezonlar, jumladan, iste’mol qiymati, tashqi ko‘rinishi, innovatsion dizayni, sifati va hayot sifatini yaxshilashga qo‘shgan hissasiga muvofiq texnikani baholaydigan nufuzli dizaynerlar, muhandislar va jurnalistlar tomonidan beriladi.

LG’ning CES 2019 Innovation Awards’dagi mukofotlari to‘liq ro‘yxati, shu jumladan, yana bitta Best of Innovations Award mukofoti, LG CES’ning 2019-yil 7-yanvar kuni soat 20:00 da Las-Vegasdagi matbuot anjumanida e’lon qilinadi.

LG Electronics, Inc. kompaniyasi haqida

LG Electronics, Inc. (KSE: 066570. KS) innovatsiyalar va yuqori texnologiyali elektronika, zamonaviy mobil aloqa hamda maishiy texnika ishlab chiqarish sohasida dunyodagi yetakchi hisoblanadi. Kompaniyada butun jahon bo‘ylab 125 ta filialda 77 ming kishi ishlaydi. LG to‘rtta bo‘linmadan iborat: Home Appliance & Air Solution, Mobile Communications, Home Entertainment va Vehicle Components, ularning butun dunyodagi sotuvlari 2016-yilda 47,9 milliard AQSh dollarini (55,4 trillion Janubiy Koreya voni) tashkil qilgan. LG Electronics dunyoda ingichka panelli televizorlar, mobil telefonlar, konditsionerlar, kir yuvish mashinalari va muzlatgichlar ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyadir. Shuningdek, LG Electronics — 2016 Energy Star Partner of the Year mukofoti laureati. Qo‘shimcha ma’lumot uchun www.LG.kz saytiga murojaat qiling.

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2018, 14:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют