» » Qoraqalpog‘istondagi maktab va bog‘chalar qish mavsumiga tayyormi?

Qoraqalpog‘istondagi maktab va bog‘chalar qish mavsumiga tayyormi?


Adliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi bog‘cha va maktablarning qish mavsumiga tayyorgarligi yuzasidan tekshiruv o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

“Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirligi va tumanlar adliya bo‘limlari tomonidan hududlardagi turli ijtimoiy obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ahvoli o‘rganildi. Maktab, litsey, kollej, maktabgacha ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari hamda aholi xonadonlaridagi o‘rganishlar jarayonida, afsuski, bir qator qonun buzilish holatlariga ham duch kelindi”, — deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Masharipov.

Jumladan, To‘rtko‘l tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 19-son maktabda hanuzgacha kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rilmagan. Maktabda mavjud 7 ta qozonxonaning hech biri ishlamayotganini qanday izohlash mumkin? Mazkur ta’lim muassasasidagi 12 ta sinf xonasiga aholi tomonidan hashar yo‘li bilan pech o‘rnatilgan. Qolgan 12 ta sinf xonasini mo‘tadil harorat bilan ta’minlash choralari ko‘rilmagan.

Tuman adliya bo‘limi tomonidan aniqlangan ushbu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash haqida tuman hokimligiga taklif kiritildi.

Beruniy tumanidagi 49-son maktabgacha ta’lim muassasasining isitish tizimi ham zamon talabiga javob bermaydi. Garchi muassasada kontromark isitish pechi o‘rnatilgan bo‘lsa-da, xavfsizlik talablariga rioya etilmagan. Ya’ni isitish pechining yoqish qismi bolalar uxlaydigan xonada joylashgan. Ushbu tumandagi 3-son maktabgacha ta’lim muassasasida ham shunga o‘xshash holat kuzatildi. Bu yerda ham isitish pechining yoqish qismi bolalar uxlaydigan xonada joylashgan.

Tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi maktabgacha ta’lim bo‘lim boshlig‘i v.b. A.Davletmuratovaga mazkur holatlarni bartaraf etish, kuz-qish mavsumida favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida zudlik bilan tegishli chora-tadbirlar belgilash hamda kelgusida shu kabi qonun buzilish holatlari ro‘y bergan taqdirda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi haqida yozma ravishda ogohlantirish berildi.

Chimboy tumani 10-son maktabgacha ta’lim muassasasining isitish tizimiga suv qo‘yiladigan joyi (bachok) bolalar uxlaydigan xonada, yanada aniqrog‘i, bolalar uxlaydigan krovat yonida joylashgan ekan. Tuman adliya bo‘limining aralashuvi bilan aniqlangan muammo joyida bartaraf etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2018, 14:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют