» » Jigar sirrozi bilan kurashayotgan Nuriddin Tojiqulovga yordam beraylik!

Jigar sirrozi bilan kurashayotgan Nuriddin Tojiqulovga yordam beraylik!


Sirdaryoning Oqoltin tumanida istiqomat qiluvchi Nuriddin va Nodiraxon Tojiqulovlar 2013-yilda nikohdan o‘tadi. Ikki yosh tashvishsiz va kamtarona hayot kechirardi.

2016-yilning yanvar oyidan esa yosh oilaning boshiga og‘ir sinov tushdi. Oilaning tayanchi bo‘lgan Nuriddinda jigar sirrozi va taloq shishi alomatlari ko‘zga tashlana boshladi. Muttasil ichki va burundan qon ketish hollari oilani xavotirga sola boshladi. Umr yo‘ldoshining sog‘ayib ketishi uchun Nodiraxon bormagan shifoxona, uchramagan shifokor qolmadi, lekin ayol kurashishda davom etayapti.

“O‘zim Sirdaryo viloyatining Oqoltin tuman tibbiyot birlashmasi tez yordamida oddiy hamshira bo‘lib ishlayman. Qo‘limdan kelganini qilib shu joygacha keldim. Viloyat kesimidagi markazlarga, Toshkent tibbiyot akademiyasi Gepatologiya bo‘limiga kelib davolandik. Virusologiyadagilar ham tekshirishib, qonda virus yo‘qligini, hali umid borligini aytishdi. Keyin Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgik markaziga borib tekshirishni tavsiya qilishdi. Tumandan orderlarni tayyorlatdim, chunki moddiy jihatdan qiynalib qoldim”, - deydi ayol.

“Vohidovdagi mutaxassislar zudlik bilan jigarni davolash kerak, deb aytgan. Ular keyin kech bo‘lishini, muolaja va operatsiya qilinishi lozim deyishmoqda. Vohidov nomidagi markazda shu turdagi operatsiyalar qilingan ekan. Faqat navbat ko‘p, deb aytishibdi.

Shu sababli Hindistondagi shifoxonalar bilan aloqaga chiqdik. Uchtasi o‘z taklifini jo‘natdi (ushbu takliflar jo‘natilgan hujjatlar nusxalari tahririyatimizda mavjud). Ularga ko‘ra, birinchi bosqichda to‘liq tekshiruvdan o‘tkaziladi va agar operatsiya shart bo‘lmasa muolaja yo‘li bilan davolanadi, buning uchun taxminan 3—4 ming AQSh dollari xarajat ketadi. Agar operatsiya shart bo‘lsa, ikkinchi bosqich o‘tkaziladi. Buning uchun, avvalo, donor topish kerak va 37 500 AQSh dollari miqdorida mablag‘ ketadi, deb jo‘natishgan hindistonlik shifokorlar.

Qo‘limdan kelgan hamma ishni qildim, donor ham bor. Endi mablag‘ masalasiga borib taqalmoqda. Tanishlarimdan shunday xayrli ishlar qilinayotganligini eshitib qoldim. Balki bu ham Xudoyimdan bir imkoniyatdir. Nega men bunga ham urinib ko‘rmasligim kerak, bor harakatim oilamni, turmush o‘rtog‘imni saqlab qolish-ku. O‘zim ham onasiz, yetim o‘sganman. Ikkinchi marta turmush qurishdan esa Xudo saqlasin, buni tasavvur ham etolmayman. Qancha harakat qilish kerak bo‘lsa harakat qilay, ammo xo‘jayinim tuzalib ketsa bo‘lgani. Xayrli ishlarni niyat qilgan insonlardan umidim katta”, — deya Nodiraxon ko‘zlarida yosh bilan so‘zini yakunladi.

Oilasiga va umr yo‘ldoshiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan va uning davo topishi uchun betinim harakat qilayotgan Nodiraxonga yordam qo‘lini cho‘zaylik. Turmush o‘rtog‘i Nuriddinning sog‘ayib, yana oilasiga bosh bo‘lishiga madad beraylik.

Nuriddin Tojiqulov nomiga ochilgan plastik kartochka:

Click/PayMe: 8600 0417 9521 5798 (Agrobank)

Telefon raqami: +998 99 479-04-43



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2018, 15:30)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют