» » Urgut tuman hokimligi tumanda yer talashish oqibatida yuz bergan qotillik yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi

Urgut tuman hokimligi tumanda yer talashish oqibatida yuz bergan qotillik yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi


Samarqand viloyatining Urgut tumani Beshyog‘och qishlog‘ida 30-oktabr kuni tungi soat 22:30 atrofida qotillik sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Qishloqdagi 15-umumta’lim maktabi direktori, 1986-yilda tug‘ilgan Anvar Yunusovga shu qishloqda yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan M.M. va 1998-yilda tug‘ilgan Sh.M. tomonidan boshiga og‘ir jarohat yetkazilgan, hodisa oqibatida Anvar Yunusov voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan edi.

“Daryo” muxbiri ushbu qotillik yuzasidan jurnalistik surishtiruv o‘tkazgan va fojiaga fuqarolarning o‘zaro yer talashishi sabab bo‘lganini aniqlagandi.

Samarqand viloyati Urgut tumani hokimligi ushbu maqolada ko‘rsatilgan masalalarga aniqlik kiritish maqsadida o‘rganish o‘tkazdi. Hokimlik o‘rganish natijalarini “Daryo”ga taqdim etdi.

O‘rganish davomida ushbu 2 gektarlik yer maydoni hozirda tuman hokimligi zaxira yer maydoni hisobida ekanligi aniqlandi. Zaxira yer maydoniga olingunga qadar ushbu yer maydonidan Beshyog‘och mahallasida yashovchi Xo‘jamurod Nazarov fermer xo‘jaligi sifatida foydalanib kelgan.

Joriy yil mart oyida qishloq xo‘jalik sohasini rivojlantirish yuzasidan tumandagi barcha fermer xo‘jaliklarida hukumat topshiriqlarining bajarilishi hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda agrotexnik tadbirlarni bajarish holati, shuningdek mahsulot yetishtirish rejasining bajarilishi va ta’minotchi korxonalar bilan qarzdorliklari o‘rganilgan.

O‘rganish davomida Xo‘jamurod Nazarov rahbarligidagi “Xudoyberdi nurli dalasi” fermer xo‘jaligining ham qoloq fermer ekanligi aniqlanib, fermer xo‘jalikni tugatish masalasi Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasiga kiritilgan va Kengashning 2018-yil 29-martdagi 146-27-sonli qaroriga ko‘ra fermer xo‘jalik yer maydonini tuman hokimligi zaxirasiga qaytarish taklifi ma’qullangan. Shunga muvofiq tuman hokimining 2018-yil 9-apreldagi 651-Q sonli qarori bilan fermer xo‘jalik bilan yer ijara shartnomasi bekor qilingan va yer maydoni tuman hokimligi zaxirasiga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2018, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 25) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют