» » “O‘zbektelekom” 1-dekabrga qadar internet sifati pasayishi haqida ma’lum qildi

“O‘zbektelekom” 1-dekabrga qadar internet sifati pasayishi haqida ma’lum qildi


“O‘zbektelekom” AK Xalqaro paketli kommutatsiya markazi va ma’lumotlar uzatish tarmoqlari sig‘imini kengaytirish bo‘yicha loyiha doirasida tarmoq modernizatsiyasi bo‘yicha texnik ishlar olib borilishi natijasida internet sifati pasayishi mumkinligi haqida ma’lum qildi, deb yozadi Spot.

Qayd etilishicha, 2018-yilning 1-dekabriga qadar “O‘zbektelekom” AK Xalqaro paketli kommutatsiya markazi va ma’lumotlar uzatish tarmoqlari sig‘imini kengaytirish bo‘yicha loyiha doirasida tarmoq modernizatsiyasi bo‘yicha texnik ishlar olib boradi.

“Ushbu davrda Internet xizmatlarini taqdim etishda sifat pasayishi kuzatilishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”,—deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zA “O‘zbektelekom” AK mas’ul xodimi Yunus Kamolov ma’lumotiga tayanib, shu yilning 1-dekabr sanasidan O‘zbekistonda internet tezligi 10 barobarga oshirilishi haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2018, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют