» » Saudiya Arabistonida ayollarga taksi haydash uchun ruxsat berildi

Saudiya Arabistonida ayollarga taksi haydash uchun ruxsat berildi


Saudiya Arabistonida ayollarga maxsus oilaviy taksilarda haydovchi bo‘lib ishlash uchun ruxsat berildi, deb yozadi “RIA Novosti” mahalliy OAVlarga tayanib.

Saudiya Arabistoni davlat transport agentligi bayonotiga ko‘ra, ayol taksichilar yo‘lovchilar orasida hech bo‘lmaganda bir nafar katta yoshli ayol bo‘lsagina, ularni olishi mumkin. Shuningdek, ularning old o‘rindiqqa erkak yo‘lovchilarni o‘tqizishi taqiqlanadi.

Oilaviy taksilarni ishlatish uchun litsenziya ro‘yxatdan o‘tgan transport kompaniyalariga beriladi. Ularga faqat Saudiya Arabistoni fuqarosi bo‘lgan va tegishli haydovchilik guvohnomasiga ega ayol kishilar haydovchilik qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 24-iyun kuni Saudiya Arabistonida ayollarga mashina haydash imkonini beruvchi qirol farmoni kuchga kirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2018, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют