» » Samarqandlik tadbirkorning murojaati shahar hokimligi tomonidan o‘rganib chiqildi

Samarqandlik tadbirkorning murojaati shahar hokimligi tomonidan o‘rganib chiqildi


Samarqandlik tadbirkor Siyob bozori hududida tartib bo‘lishini istayotganligi to‘g‘risida xabar bergan edik. Bugun mazkur masala yuzasidan Samarqand shahar hokimligi tomonidan ishchi guruh tashkil etilib, Siyob bozoridagi holatlar atroflicha o‘rganib chiqildi. Ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev ham bozordagi holatni o‘rgandi.

Samarqand shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Talantjon Esirgapov boshchiligidagi ishchi guruhi dastlab maqolada keltirilgan ko‘chma do‘konlarning qonuniy faoliyatiga aniqlik kiritdi. O‘rganishlar jarayonida bozor tashqarisidagi mavjud 6 ta do‘konning 3 tasi tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lmasdan turib faoliyat yuritayotganligi aniqlandi.

Shuningdek, bozorning ichki hududidagi mavjud 5 ta ko‘chma do‘konning 3 tasi ham tegishli ruxsatnomasiz faoliyat yuritayotganligi oydinlashdi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, mazkur ko‘chma savdo do‘konlari aholi bozorga kelish imkoniyati kam bo‘lgan joylarga ko‘chirildi.

Tadbirkor Elmurod Mardiyevning murojaati asosida Siyob bozori hududidagi holatni o‘rganish jarayonida bozor hududidagi ko‘chma do‘konlar masalasi yuzasidan bozor rahbari Solijon O‘sarov “Hokimiyat bozor oldida ko‘chma do‘konda savdo qilish uchun ruxsat bergan, biroq, Siyob bozori ma’muriyatida bu borada hech qanday hujjat yo‘q. Aniqrog‘i, bozorning kirish qismida ko‘chma do‘kon bo‘yicha bozor ma’muriyatining roziligi so‘ralmaydi” deb javob bergan edi. Samarqand shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Talantjon Esirgapov bilan bo‘lib o‘tgan suhbatdan so‘ng Solijon O‘sarovning so‘zlari o‘z tasdig‘ini topmadi.

“Ko‘chma savdo do‘konlariga hokimlik tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun faqat guvohnoma beriladi. Bu esa tadbirkor istalgan joyida savdo qilishini bildirmaydi. Ko‘chma do‘konlarni bozor hududida joylashishini bozor ma’muriyati belgilab beradi, — deydi Talantjon Esirgapov. — Ko‘chma do‘konlarning faoliyat yuritishida ham o‘z talablari bor. Xususan, ular ertalab kelib kechda yana do‘konini olib ketishi lozim. Qolaversa, sotiladigan mahsulotlar har kuni DSENM va veterinariya tekshiruvidan o‘tkazilishi shart”.

Siyob bozori hududida tartib saqlash, bozorga kelayotgan xaridorlar bilan bir qatorda turistlar uchun ham qulay shart-sharoit yaratish maqsadida uch kun muddat ichida barcha savdo do‘konlari bozor rastalariga o‘tkazilish bo‘yicha topshiriq berildi. E’tiborli tomoni shundaki, endilikda bozordagi mahsulotlar turiga qarab rastalarga joylashtiriladi. Shuningdek, do‘konlarning tashqarisidagi savdoga ham barham beriladi. Bu borada bozordagi tadbirkorlar ogohlantirilib chiqildi.

“Endilikda bozorning har bir hududiga bozor ma’muriyatining mutasaddi vakillaridan tashqari Ichki ishlar va soliq inspeksiyasining xodimlari ham biriktirildi. Ular muntazam ravishda bozordagi tartibni nazorat qilib boradi”, — deydi Talantjon Esirgapov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2018, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют