» » Neft gazlarini utilizatsiya qilishda elektr toki ishlab chiqariladi

Neft gazlarini utilizatsiya qilishda elektr toki ishlab chiqariladi


Italiyaning Turboden S.p.A. kompaniyasi yo‘ldosh neft gazlarini utilizatsiya qilishda elektr energiyasi ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Vazirlar Mahkamasi shu haqdagi qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Mitsubishi Heavy Industries guruhi tarkibiga kiruvchi Turboden S.p.A. kompaniyasi O‘zbekiston neft-gaz sohasi hamda boshqa asosiy sanoat sohalarida foydali elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun yo‘ldosh va mash’ala gazlarini utilizatsiya qilishda uzoq muddatli hamkorlikni ko‘zda tutuvchi maqsadlar to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi.

2015-yil aprelida O‘zbekiston BMT va Jahon banki taklif qilgan yo‘ldosh neft gazlarini yoqishga barham berish bo‘yicha global hamkorlik dasturi doirasida 2030-yilgacha gazlarni mash’ala usulida yoqish amaliyotiga barham berish majburiyatini zimmasiga olgan edi.

“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, har yili qazib olingan 60 milliard kub metr gaz darajasida mash’alalarda 1 milliard kub metrga yaqin yo‘ldosh gazlar yoqiladi. So‘nggi yillarda siqish kompres stansiyalari va yo‘ldosh neft gazlarini yig‘ish tizimlari qurilishi hisobiga yoqiluvchi gazlar hajmini 3,5 milliard kub metrga qadar qisqartirishga erishildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2018, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют