» » SpaceX 2018-yilda Oy atrofida sayyohlik parvozini amalga oshirishni rejalashtirmoqda

SpaceX 2018-yilda Oy atrofida sayyohlik parvozini amalga oshirishni rejalashtirmoqda


Amerikaning SpaceX kosmik kompaniyasi rahbariyati 2018-yilda Oy atrofida sayyohlik parvozini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lum qilindi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Parvozda ikki nafar sayyoh ishtirok etishi ta’kidlanmoqda.

“Ikki nafar fuqaro SpaceX bilan kelgusi yilning oxirida Oy atrofida sayohat qilish bo‘yicha muzokaralar olib borganligini ma’lum qilishdan xursandmiz. Ular Oyga parvozni amalga oshirish uchun bir miqdor oldindan to‘lovni amalga oshirdi”, — deyiladi kompaniya press-relizida.

SpaceX parvoz doirasida Oy yuzasiga qo‘nish ko‘zda tutilmaganligini ma’lum qildi. Shuningdek, kompaniyaning aniqlik kiritishicha, parvoz Falcon Heavy tashuvchi raketa yordamida Dragon 2 kemasida amalga oshiriladi.

Опубликовано: admin (28-02-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют