» » O‘zbekistondagi tijorat banklari kredit berish uchun mijozlardan qo‘shimcha to‘lovlarni talab qilib kelgan

O‘zbekistondagi tijorat banklari kredit berish uchun mijozlardan qo‘shimcha to‘lovlarni talab qilib kelgan


O‘zbekistondagi tijorat banklari kredit berish uchun mijozlardan qo‘shimcha to‘lovlarni talab qilib kelgan. Markaziy bankka kelib tushgan shikoyatlarni o‘rganish natijasi shundan dalolat bermoqda. Bu haqda MB iste’molchilar huquqlarini himoya qilish departamenti direktori Bahodir Mirzayevga tayanib, “Turon 24” xabar berdi.

“Banklar mijozlardan kredit berish jarayonida arizani ko‘rib chiqish va kredit berish uchun komissiya to‘lovi kabi qo‘shimcha to‘lovlarni talab qilgan. Qizig‘i, ushbu to‘lovlar haqida oldindan emas, fuqaro kredit olayotganida ma’lum qilingan. Bir xizmat turini taqdim etib turib, unga boshqa xizmat turlarini qo‘shib yuborishga odatlanishgan”, — deydi Mirzayev.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili tijorat banklari faoliyati bo‘yicha shikoyatlar soni 60 mingdan oshgan. Shikoyatlarning asosiy qismi aynan bankdan kredit olishdagi muammolar haqidadir.

“Fuqarolar asosan kredit olish jarayonida byurokratik to‘siqlar ko‘pligidan norozi. Bu esa mijozning kredit olish imkoniyatini ancha cheklaydi. Shuningdek, valyuta ayirboshlash, bankka omonat qo‘yish, pul jo‘natish va shunga o‘xshagan chakana bank xizmatlari darajasining pastligi ham shikoyatlar ko‘pligiga asos bo‘lmoqda”, — deya ta’kidlaydi Bahodir Mirzayev.

Xususan, hozir mamlakatdagi tijorat banklari ko‘rsatayotgan xizmatlar sifati pastligining asosiy sababi ular o‘rtasida raqobatning juda kuchsizligidir. Bunga sabab esa, Markaziy bankning fikricha, tijorat banklarining ustav kapitalida davlat ulushi juda yuqoriligi (80 foizdan oshiq) hisoblanadi. Shu sababdan davlat banklari o‘zlarini bemalol his etadi va xizmat sifatini yaxshilashga unchalik qiziqmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-11-2018, 10:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют