» » Tramp “Oskar” marosimida “La-La Lend”ning eng yaxshi film deb e’lon qilinishi bilan bog‘liq xatolikni izohladi

Tramp “Oskar” marosimida “La-La Lend”ning eng yaxshi film deb e’lon qilinishi bilan bog‘liq xatolikni izohladi


“Oskar” mukofotlarini topshirish marosimida eng yaxshi filmni e’lon qilish chog‘idagi xatolik Amerika kinoakademiklarining siyosatga haddan tashqari berilib ketgani tufayli yuzaga kelgan. Bunday fikrni AQSh prezidenti Donald Tramp Breitbart News nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“O‘ylashimcha, ular (marosim tashkilotchilari) siyosatga shunchalik berilib ketgan ediki, yakunda o‘zlarini qo‘lga ololmadi. Bu biroz qayg‘uli bo‘ldi. ‘Oskar’ hashamatdan ayrildi. Marosim shohona kechganga o‘xshamadi. Men ‘Oskar’ marosimlarida bo‘lganman. Bu safar qandaydir o‘ziga xoslik yetishmadi, xotima esa qayg‘uli bo‘ldi”, — dedi Oq uy rahbari.

Eslatib o‘tamiz, marosim chog‘ida sahnadan “Eng yaxshi film” nominatsiyasida “La-La Lend” g‘olib bo‘lgani haqida e’lon qilingach, kartina prodyuseri mikrofon qarshisiga kelib, xatolik yuz berganini aytgandi. Ma’lum bo‘lishicha, tashkilotchilar konvertlarni chalkashtirib yuborgan, va aslida esa eng yaxshi kartina deya “Oy shu’lasi” e’tirof etilgan.

Keyinroq “Oskar” kino mukofoti sovrindorini aniqlab beruvchi ovoz berish yakunlarini kuzatib boruvchi PriceWaterhouseCoopers (PwC) auditorlik kompaniyasi xatolikka o‘z vakili sababchi bo‘lganini ma’lum qildi. Kompaniya xatolikdan aziyat chekkan ikkala film yaratuvchilaridan, boshlovchilardan, shuningdek, shou tomoshabinlaridan uzr so‘radi.

“Oskar” marosimida boshlovchi Jimmi Kimmel boshidanoq Donald Tramp borasida bir necha marta hazil qildi. Hatto, u Twitter’dagi sahifasi orqali AQSh prezidenti Donald Trampga xabar yuborib, undan “Oskar”ni ko‘rayotgan yoki ko‘rmayotganligi haqida so‘radi.

“Chet tilidagi eng yaxshi film” yo‘nalishida esa AQSh prezidenti Donald Trampning immigratsiya farmonlariga noroziligi tufayli marosimga kelishdan bosh tortgan eronlik rejissor Asqar Farhodiyning “Kommivoyajer” kartinasi g‘olib bo‘ldi.

Trampni butun marosim davomida tilga olishdi — ayniqsa, boshqa mamlakatlardan tashrif buyurganlar Meksika bilan chegarada qurilayotgan devorni nazarda tutib, “bizni ajratuvchi devor” haqida gapirdi.

Опубликовано: admin (28-02-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют