» » Janubiy Koreya zamonaviy rassomlarining O‘zbekistondagi ilk ko‘rgazmasi boshlandi

Janubiy Koreya zamonaviy rassomlarining O‘zbekistondagi ilk ko‘rgazmasi boshlandi


23-noyabr kuni O‘zbekiston davlat san’at galereyasida Janubiy Koreya zamonaviy rassomlarining O‘zbekistondagi ilk namoyishi — “Go‘zallik bilan yonma-yon” ko‘rgazmasi boshlandi. Bu haqda “Turon 24” xabar bermoqda.

“Ko‘rgazmada abstrakt yo‘nalishidagi asarlardan tortib an’anaviy tasviriy san’at namunalarini ham ko‘rish mumkin. Unda Koreya ijodkorlari orasidagi eng taniqli 16 nafar rassomning ijodiy ishlari jamlangan. Asarlarning ko‘pchiligi moybo‘yoq, akvarelda ishlangan. Oddiy voqelikdan ham go‘zal bir holat yarata olgan ijodkorga tahsin aytish lozim. Ko‘rgazmada taniqli o‘zbek rassomlarining ham asarlari bor”, — deydi san’atshunos Saodat Ro‘ziyeva.

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 27 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan ko‘rgazmada koreys rassomlarining 80 ga yaqin asari namoyish etilmoqda.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida san’atshunoslar, rassomlar hamda O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Kvon Yong qatnashdi.

“Go‘zallik bilan yonma-yon” ko‘rgazmasi 6-dekabrgacha davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-11-2018, 11:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют