» » Pekindan Toshkentga uchayotgan samolyotda o‘zbekistonlik ayol farzand ko‘rdi

Pekindan Toshkentga uchayotgan samolyotda o‘zbekistonlik ayol farzand ko‘rdi


24-noyabr kuni “Pekin—Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab havoga ko‘tarilgan CZ6027 reysi samolyot bortida chaqaloq dunyoga kelgani munosabati bilan Pekinga qaytib qo‘ngan. Chaqaloqni o‘zbekistonlik Nargiza Qosimova dunyoga keltirgan. Bu haqda Telegram’dagi China-Uzbekistan kanali xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, samolyotda o‘zining beshinchi farzandini dunyoga keltirgan onaning ham, homiladorlikning yettinchi oyida samolyotda tug‘ilgan chaqaloqning ham ahvoli yaxshilanib bormoqda. Ona-bola Pekindagi Hemujia kasalxonasiga joylashtirilgan.

Voqeadan xabardorlarning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, samolyotda Toshkentdagi 2-shahar kasalxonasida ishlaydigan er-xotin shifokorlar (fan doktorlari) bo‘lgan. Ular Nargiza Qosimovaga doyalik qilgan. Chaqaloqqa Muhammad Solih deb ism qo‘yilishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-11-2018, 14:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют