» » Ebola virusini yengib, Time versiyasi bo‘yicha “Yil odami”ga aylangan hamshira vafot etdi

Ebola virusini yengib, Time versiyasi bo‘yicha “Yil odami”ga aylangan hamshira vafot etdi


2014-yilda Time jurnali versiyasi bo‘yicha “Yil odami” deb e’tirof etilgan liberiyalik hamshira Salom Karva vafot etdi, deb yozadi TJournal. Ebola virusini qahramonlarcha yengishga muvaffaq bo‘lgan hamshira tug‘ruqdan keyingi asoratlar tufayli olamdan ko‘z yumgan.

Karva kesarcha kesish yo‘li bilan to‘rtinchi farzandini dunyoga keltirgan, uch kundan so‘ng tug‘ruqxonadan uyga javob berishgan.

Uyga kelgach, uning ahvoli yomonlashgan. Uni kasalxonaga lablarida ko‘pik bilan va talvasa tutgan holatda olib kelishgan, ammo shifokorlar Karva bir necha yil avval boshidan o‘tkazgan Ebola bezgagi sababli, bemorga yaqin kelishdan qat’iyan bosh tortgan.

2014-yilda Time jurnali “Yil odami” nomini Ebola virusiga qarshi kurash olib borayotgan shifokorlar va tibbiyot xodimlariga bergan edi. Ular orasida Liberiya poytaxti — Monroviyadan bo‘lgan hamshira yordamchisi Salom Karva ham bor edi.

Опубликовано: admin (28-02-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 15) ( 0) ( 14) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют