» » Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisiga o‘rinbosar tayinlandi

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisiga o‘rinbosar tayinlandi


Kazbekov Jusipbek Sidikbekovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Kazbekov Jusipbek Sidikbekovich 1973-yil 15-aprel sanasida Nukus shahrida tavallud topgan.

1995-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini hamda 2011-yilda Kolorado shtati universitetini (magistratura, AQSh) tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi muhandis-gidrotexnik, suv resurslarini boshqarish.

Jusipbek Kazbekov 2015-yildan bugungi kungucha Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining O‘zbekistondagi filiali suv dasturlari bo‘yicha koordinatori lavozimida faoliyat yuritib keldi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur lavozim Prezidentning 2018-yil 15—16-noyabr kunlari Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomidagi topshiriqlariga binoan joriy qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-11-2018, 14:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют