» » Xitoy Fanlar akademiyasi prezidenti O‘zbekistonda mamlakat ilmiy-tadqiqot muassasalari filiallarini ochish masalasiga e’tibor qaratdi

Xitoy Fanlar akademiyasi prezidenti O‘zbekistonda mamlakat ilmiy-tadqiqot muassasalari filiallarini ochish masalasiga e’tibor qaratdi


Jahon Fanlar akademiyasi (Triyest, Italiya) va Xitoy Fanlar akademiyasi prezidenti Bay Chunli boshchiligidagi Xitoy ilmiy-tekshirish muassasalari rahbarlaridan iborat delegatsiya Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan uchrashdi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yuzdan oshiq ilmiy-tadqiqot muassasalarini o‘z ichiga olgan Xitoy Fanlar akademiyasi yuqori texnologiyalar, innovatsiyalarni iqtisodga joriy etish bo‘yicha yetakchi tashkilot hisoblanadi. U nafaqat ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanadi, balki uning qoshidagi uchta yirik universitet turli yo‘nalishlar bo‘yicha magistrantlar va doktorantlarga ta’lim berish bilan ham shug‘ullanadi.

Bugungi kunda bu universitetlarda xorijlik talabalar, yosh ilmiy xodimlar uchun maxsus stipendiyalar joriy qilingan bo‘lib, ayni paytda bu o‘quv muassasalarida 20 nafardan ortiq o‘zbekistonlik ta’lim olib kelmoqda. Tomonlar ta’limning bu yo‘nalishini rivojlantirish borasida hamkorlikda ishlar amalga oshirish, birgalikda grantlar e’lon qilish, Xitoy ilmiy-tadqiqot muassasalarining filiallarini ochish mumkinligini ta’kidladi.

Xitoylik olimlar global iqlim isishi va qurg‘oqchilik bo‘yicha ilmiy izlanishlar asosida qator amaliy ishlarni amalga oshirayotganlarini inobatga olib, Orolbo‘yi hududida yuzaga kelgan jiddiy muammolarni bartaraf etishga hissasini qo‘sha oladigan malakali ilmiy kadrlar tayyorlash masalalarini ko‘rib chiqish lozimligi muhokama qilindi. Jumladan, qurg‘oqchilik va sho‘ralagan tuproq sharoitida o‘sib unadigan, hosil beradigan o‘simliklar urug‘larini yetishtirish masalasi dolzarbligiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Professor Bay Chunli noyabr oyining boshlarida Ilmiy-texnikaviy rivojlanishni qo‘llab quvvatlovchi xalqaro ittifoq tuzilgani va unga 9 mamlakat Fanlar akademiyalari, jumladan, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi ham kirganini aytib, mazkur platformada ko‘plab sermahsul ilmiy izlanishlar qilish, yosh olimlarni tayyorlash mumkinligini aytdi.

“Bir makon – bir yo‘l” iqtisodiy rivojlanish strategiyasi va Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida innovatsion loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari kengligi bois ikki davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari oldilariga aniq maqsadlarni qo‘yib, hamkorlikni yanada kuchaytirish lozimligi qayd etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-11-2018, 15:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют