» » Mixail Porechenkov PROlogue xalqaro kinofestivali faxriy mehmonlari ro‘yxatidan o‘rin oldi

Mixail Porechenkov PROlogue xalqaro kinofestivali faxriy mehmonlari ro‘yxatidan o‘rin oldi


Rossiyalik kinoaktyor Mixail Porechenkov PROlogue 4-xalqaro kinofestivali faxriy mehmonlari ro‘yxatidan o‘rin oldi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

U festivalning yopilish marosimida ishtirok etadi.

Rossiyalik teatr va kino aktyori, kinorejissor, ssenariynavis, prodyuser, teleboshlovchi Mixail Porechenkov “Milliy xavfsizlik agenti” serialidagi bosh roli orqali mashhur bo‘lgan. O‘zbek tomoshabinlariga Fyodor Bondarchukning “9-rota” filmidagi praporshik Digalo roli orqali yaxshi tanish. 2006-yilda “Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist” unvonini olgan.

PROlogue xalqaro kinofestivalida Qozog‘iston, Isroil, Eron, Ukraina, AQSh, Peru singari 60 dan ortiq davlat vakillari qatnashish istagini bildirgan. Festival 27—30-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-11-2018, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 98) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют