» » Kaliforniyada yengil samolyotning turar-joyga qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Kaliforniyada yengil samolyotning turar-joyga qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi


Amerikaning Riversayd shahrida (Kaliforniya shtati) 27-fevral, dushanba kuni kichikroq samolyotning turar-joyga qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, yana 2 kishi jarohatlandi. Bu haqda mahalliy hukumat vakillari ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Ma’lum qilinishicha, Cessna 310 ikki motorli yengil samolyot Riversayd aeroportidan San-Xosega yo‘l olgan. Biroq parvoz boshlangandan bir necha daqiqa o‘tib, qulab tushgan.

Shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Maykl Murning ma’lum qilishicha, havo kemasi bortida 5 kishi bo‘lgan. Ulardan ikkisi er-xotin, uchtasi esa o‘smir yoshlar bo‘lgan.

Halokatdan so‘ng yong‘in boshlangan. Havo kemasi qulab tushgan ikki xususiy uy olov ichida qolgan. Yong‘in qo‘shni binolarga ham tarqalgan.

Halokat sabablari noma’lum. Aviatsiya boshqarmasi surishtiruvni boshladi.

Опубликовано: admin (28-02-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют