» » Gruziyadagi kazinoda o‘zbekistonlik ayol o‘ldirildi, yana biri yarador qilindi

Gruziyadagi kazinoda o‘zbekistonlik ayol o‘ldirildi, yana biri yarador qilindi


Turkiya fuqarosi Gruziyaning Batumi shahrida o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirishda gumon qilinmoqda, u qo‘lga olingan. Bu haqda Gruziya IIV bayonotiga asoslanib, “Novosti-Gruziya” xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, voqea 24-noyabrga o‘tar kechasi, mahalliy vaqt bilan soat 4:00 atrofida Batumi markazidagi mehmonxonalarning birida joylashgan Princess kazinosida yuz bergan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 57 yoshli turkiyalik erkak biri 38, ikkinchisi 31 yoshda bo‘lgan o‘zbekistonlik ikki ayolga sovuq qurol bilan hujum qilgan; 31 yoshli ayol voqea joyida halok bo‘lgan, ikkinchisi esa Batumidagi klinikalardan biriga yotqizilgan, ahvoli barqaror.

Gumonlanuvchi voqea joyida qo‘lga olingan. Ushbu holat yuzasidan “Qasddan odam o‘ldirish” moddasi bo‘yicha tergov olib borilmoqda, agar shu modda bo‘yicha aybdor deb topilsa, Turkiya fuqarosi 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-11-2018, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют