» » Tramp OAVlarda u haqdagi ma’lumotlar tarqalib ketishida Obamani aybladi

Tramp OAVlarda u haqdagi ma’lumotlar tarqalib ketishida Obamani aybladi


AQSh prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida OAVlarda uni obro‘sizlantiruvchi axborot tarqalib ketishi ortida mamlakat sobiq prezidenti Barak Obama va uning odamlari turganini aytdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

“Mening fikrimcha, buning ortida (sobiq) prezident Obama turibdi, bunda uning odamlarining qo‘li bor. Tarqalgan ma’lumotlarning ba‘zilari aynan shu guruhdan chiqayotgan bo‘lishi mumkin”, — dedi Tramp.

Amerika prezidenti aniqlik kiritishicha, u mamlakat milliy xavfsizligiga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatadigan “juda jiddiy ma’lumotlar tarqalishi” haqida gapirmoqda. Ammo u aynan qanday axborot haqida gap borayotganiga aniqlik kiritmadi.

U, shuningdek, AQSh siyosatida sahna ortida nimalar sodir bo‘layotganini hech kim hech qachon aniq bilmasligini ta’kidladi.

Trampning fikricha, uning siyosiy karyerasiga taalluqli axborot tarqalishi hali davom etishi mumkin.

Опубликовано: admin (28-02-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют