» » APL. “Man Siti” 4 ta, “Liverpul” 3 ta gol urib yutdi, “Man Yunayted” esa g‘alaba qozona olmadi (video)

APL. “Man Siti” 4 ta, “Liverpul” 3 ta gol urib yutdi, “Man Yunayted” esa g‘alaba qozona olmadi (video)


24-noyabr, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 13-tur bahslari doirasida 6 ta o‘yin yakuniga yetdi.

APLda 32 ochko bilan peshqadam bo‘lib turgan Xosep Gvardiola boshchiligdagi “Manchester Siti” mazkur turda Manuel Pellegrini qo‘l ostidagi “Vest Hem” maydoniga safar qilib, 4:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. O‘yinda Leroy Sane dublga erishgan bo‘lsa, David Silva va Rahim Sterling bittadan golga mualliflik qildi.

30 ochko bilan 2-o‘rinda borayotgan Yurgen Klopp shogirdlari — “Liverpul” esa safarda 7-o‘rinni band etib turgan “Uotford” mehmoni bo‘lib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollar Muhammad Saloh, Trent Aleksandr-Arnold va Roberto Firmino hisobiga yozildi.

Joze Mourinyo qo‘l ostidagi “Manchester Yunayted” “Old Trafford”da “Kristal Pelas”ni mehmon qilib, 0:0 hisobida durangga rozi bo‘ldi.

Turning markaziy o‘yini esa Londonda kechadi. Unda “Tottenhem” o‘z maydonida “Chelsi” bilan bahs olib boradi. Qayd etish joiz, “Chelsi” “Tottenhem”dan 1 ochko ko‘proq jamg‘arib 28 ochko bilan 3-pog‘onada bormoqda. “Tottenhem” esa 27 ochko bilan 4-o‘rinni band etib turibdi.

Londonning “Arsenal” jamoasi esa o‘z uchrashuvini 25-noyabr, yakshanba kuni “Bornmut”ga qarshi safarda o‘tkazadi.

Angliya premyer ligasi

13-tur bahslari

24-noyabr, shanba

Gollar: 0:1 – 11 Silva, 0:2 – 19 Sterling, 0:3 – 34 Sane, 0:4 – 90 Sane.

Gollar: 0:1 – 67 Saloh, 0:2 – 76 Aleksandr-Arnold, 0:3 – 89 Firmino.

Gollar: 0:1 – 18 Armstrong, 1:1 – 33 Mitrovich, 2:1 – 43 Shyurrle, 2:2 – 53 Armstrong, 3:2 – 63 Mitrovich.

Gol: 1:0 – 59 Sigurdsson.

Gollar: 1:0 – 15 Myurrey, 1:1 – 79, penalti Vardi.

25-noyabr, yakshanba

26-noyabr, dushanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-11-2018, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют