» » Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi


Qurolli Kuchlar akademiyasining majlislar zalida Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari – Jamoatchilik kengashi raisi Iqboljon Mirzaaliyev, mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Azizbek Ikramov hamda kengash a’zolari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Jamoatchilik kengashining xalq va milliy armiya o‘rtasida uzviy bog‘likligi muhokama qilindi, uning faoliyatida hamfikrlik hamda yakdillikni yanada mustahkamlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, kengash tomonidan O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 4-avgustdagi PQ-3898-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Yig‘ilish davomida Jamoatchilik kengashi a’zolarining Mudofaa vazirligi rahbariyatiga bo‘lgan takliflari tinglandi.

Kengash a’zolari Qurolli Kuchlar tashkil etilganligining 27 yillik bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlar rejasi belgilab olindi.

Eslatib o‘tamiz, Jamoatchilik kengashining iyul oyida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Kengash va uning mintaqaviy bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, kam sonli a’zolargina faollik ko‘rsatayotgani tanqid qilinib, bunga nisbatan keskin choralar ko‘rish taklifi bildirilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-11-2018, 23:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют