» » Farg‘onada ochilgan Latviya Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabi filialiga 125 nafar talaba qabul qilinadi

Farg‘onada ochilgan Latviya Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabi filialiga 125 nafar talaba qabul qilinadi


Farg‘ona davlat universitetida Latviya Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabi filiali ochildi. Filialda joriy o‘quv yilida 125 nafar talaba ta’lim oladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Filialda o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida O‘zbekiston davlat ta’lim standartlari talablarini e’tiborga olgan holda Oliy maktab tomonidan tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlar bo‘yicha asosan ingliz tilida kunduzgi shaklda amalga oshiriladi.

Prezidentning 2018-yil 26-sentabrdagi “Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabining Farg‘ona shahridagi filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan filialda olti yo‘nalishda bakalavr va ikki mutaxassislikda magistrlar tayyorlanadi.

Talabalar turizmda tadbirkorlik faoliyati va uni boshqarish, mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish, restoran xo‘jaligida tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim oladi.

Filial bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Oliy maktabning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Filial faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib respublikaning turizm tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalarni hal qilishga qodir bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni xalqaro ta’lim standartlari darajasida tayyorlash, turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohalarida amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish va boshqalar belgilandi.

Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabi o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik hamda axborot texnologiyalari, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini joriy etish, kutubxona fondini zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik hamda ilmiy-texnik adabiyotlar bilan shakllantirish va to‘ldirishga ko‘maklashadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-11-2018, 08:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют