» » Ekspertlar O‘zbekistonda mehnat daftarchalarini bekor qilishni taklif etmoqda

Ekspertlar O‘zbekistonda mehnat daftarchalarini bekor qilishni taklif etmoqda


Norma axborot-huquqiy portali ekspertlari mehnat stajini tasdiqlash tartibini takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

Dunyoning ko‘pchilik mamlakatlarida mehnat daftarchalari o‘rnida soliq to‘lovchilar, ishchilar, mehnat va shu kabilarni hisobga olishning elektron tizimlaridan foydalaniladi, deyiladi maqolada. Ammo, O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, mehnat daftarchasi ish stajini tasdiqlashda asosiy (yagona emas) hujjat bo‘lib qolmoqda.

Shu bilan birga, amalda pensiya tayinlashda ish staji mehnat daftarchasi bilan birgalikda, ma’lumotnomalar, buyruqlardan ko‘chirmalar, ish haqi vedomostlari, mehnat shartnomalari, arxiv ma’lumotnomalar va boshqa hujjatlar bilan tasdiqlanadi.

Aslida, mehnat staji o‘rniga, sug‘urta badallari to‘langan davrlar hisobga olinadi, bu esa mehnat daftarchasining ahamiyatini deyarli yo‘qotadi. Bugungi kunda Pensiya jamg‘armasi mehnat staji haqidagi ma’lumotlarni fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallari individual hisobining markazlashgan reyestri orqali oladi.

Bu boshqaruv personali vaqtining ahamiyatli qismini egallaydigan mehnat daftarchalari yuritishni ortiqcha qilib qo‘yadi.

Hozirda kishining 2005-yildan boshlangan mehnat stajini mehnat daftarchalarisiz yuritish mumkin. Shu bilan birga, odamlar mehnat daftarchalari orqali tasdiqlashi kerak bo‘lgan davrlar saqlanib qoladi. Bu 2005-yilgacha bo‘lgan stajdir.

Shuni hisobga olgan holda portal ekspertlari quyidagilarni taklif qiladi:

Опубликовано: admin (28-02-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют