» » Janubiy Koreya muxolifati Pak Kin Xe ishi bo‘yicha tekshiruv muddatini uzaytirmoqchi

Janubiy Koreya muxolifati Pak Kin Xe ishi bo‘yicha tekshiruv muddatini uzaytirmoqchi


Koreya Respublikasining to‘rtta muxolifat partiyasi mamlakat prezidenti Pak Kin Xe atrofidagi mojaroni mustaqil tekshirish haqidagi qonunga o‘zgartirish kiritib, tekshirish davrini uzaytirmoqchi, deb yozadi “TASS”.

“Biz Xalq partiyasi, ‘Parin’ va Adolat partiyasi rahbarlari bilan birgalikda Milliy majlis spikeriga murojaat qilib, tuzatishlar kiritish bo‘yicha ovoz berishni 2-mart kuniyoq o‘tkazishni so‘rashga kelishib oldik”, — dedi “Toburo” demokratik partiyasi rasmiy vakili.

U, shuningdek, tomonlar Koreya Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi Xvan Gyo Anga nisbatan impichment imkoniyatini muhokama qilganini aytdi. Bunga uning mamlakat yetakchisi atrofidagi korrupsiya mojarosini tekshirish ishlari hali tugamagan bo‘lishiga qaramay, tekshiruvni yana bir oyga uzaytirishdan bosh tortgani sabab bo‘lgan.

Опубликовано: admin (28-02-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют