» » O‘zbekiston Mudofaa vazirligi KVN terma jamoasi Moskvada o‘tkaziladigan xalqaro festivalda ishtirok etadi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi KVN terma jamoasi Moskvada o‘tkaziladigan xalqaro festivalda ishtirok etadi


Ertaga, 26-noyabr kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari hamda harbiy xizmatchilaridan tarkib topgan “Sharq yulduzi” terma jamoasi Rossiyada bo‘lib o‘tadigan “Mudofaa vazirining KVN kubogi” xalqaro festivalida ishtirok etish uchun Moskvaga jo‘nab ketadi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur terma jamoa 2017-yilda Moskvada o‘tkazilgan “Hamdo‘stlik KVN” o‘yinlarida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. O‘shanda birinchi va ikkinchi o‘rinlar mezbon davlat jamoalariga nasib etgandi.

Joriy yilda esa xalqaro festivalda 7 ta jamoa ishtirok etadi, shuningdek, Qozog‘iston, Armaniston, Ozarbayjon hamda Qirg‘izistonning KVN jamoalari ham festivalda bellashish uchun so‘rovnoma yuborgan.

Final bahslari 1-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi terma jamoasi 2018 yilda Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. O‘zbekiston KVN Oliy ligasining finaliga yo‘llanma olgan. Final shu yilning 25-dekabrida o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-11-2018, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют