» » O‘zbekiston Prezidentining farmoyishiga ko‘ra Mudofaa vazirligi qo‘shinlari o‘quv trevogasi bo‘yicha ko‘tarildi

O‘zbekiston Prezidentining farmoyishiga ko‘ra Mudofaa vazirligi qo‘shinlari o‘quv trevogasi bo‘yicha ko‘tarildi


O‘zbekiston Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoyishiga muvofiq, bugun,  26-noyabr erta tongda Mudofaa vazirligi qo‘shinlari o‘quv trevogasi bo‘yicha ko‘tarildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur tadbirda Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining jangovar shayligi tekshiriladi. U besh kun davom etib, to‘rt bosqichda amalga oshiriladi.

Mashg‘ulotlar davomida Mudofaa vazirligi markaziy apparatining boshkaruvni amalga oshirishi hamda qo‘shinlarni yuqori darajadagi jangovar shaylikka keltirishi, shuningdek, bo‘linmalarning uyushqoqlik bilan belgilangan hududlarga chiqib ketishi va tezkor vazifalarni bajarishga tayyor ekanligi bilan bog‘lik masalalar ko‘rib chiqiladi.

Ta’kidlash lozimki, bugungi kunga kadar harbiy xizmatchilarning jangovar shayligi, harbiy texnika, qurol-yarog‘ va moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlanganlik darajasi bu kabi keng ko‘lamli tekshiruvdan o‘tkazilmagan.

Kompleks tekshiruvlarning asosiy vazifasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarning jangovar shayligini hamda belgilangan muddat ichida yuklatilgan vazifalarni bajarish imkoniyatlarini baholash, o‘tkazilayotgan harbiy o‘quvlarda komandirlar tarkibining jangovar topshiriqlarni bajarish, hujjatlar bilan to‘liq va o‘z vaqtida ishlash ko‘nikmasini sinovdan o‘tkazishdan iborat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-11-2018, 07:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют