» » Qonunchilik palatasi hayvonlarni shafqatsiz munosabatdan himoya qilish haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqadi

Qonunchilik palatasi hayvonlarni shafqatsiz munosabatdan himoya qilish haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqadi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hayvonlarni shafqatsiz munosabatdan himoya qilish haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqadi: “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida qoldirilgan petitsiya 10 000 dan ko‘p ovoz to‘pladi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

“Oxirgi vaqtda O‘zbekistonda ko‘plab progressiv qonunlar qabul qilindi, lekin mamlakatda shu vaqtga qadar hayvonlar va odamlar orasidagi munosabatni belgilovchi qonun bo‘lmagan. Shu sabab hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat, aybdorlarni jazoga tortish mexanizmining yo‘qligi bugungi kunning qayg‘uli haqiqatidir”, — deb yozgan petitsiya tashabbuskorlari.

Shuningdek, qarovsiz qoldirilgan uy hayvonlarining nazoratsiz ko‘payishi, ularning daydib yurishi, qarovsiz qolgan uy hayvonlarini vaqtincha saqlash punktlarining yo‘qligi kabi holatlarga qarshi kurashish uchun qonuniy asos kerak.

Petitsiya mualliflari fikriga ko‘ra, qabul qilinadigan qonun quyidagilarni nazarda tutishi kerak:

Hayvonlarni himoya qilish to‘g‘risida qonun qabul qilish;

Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlarga nisbatan javobgarlik chorlarini kuchaytirish;

Uysiz qolgan hayvonlarning ko‘payishini nazorat qilish dasturini qabul qilish;

Uysiz havonlarning qonuniy mavqeini belgilash va ularni vaqtincha saqlash punktlarini ochish.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-11-2018, 08:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют