» » Ukraina kemasiga Rossiya harbiy kemasi tomonidan urib zarba berilishi aks etgan video tarqatildi (video)

Ukraina kemasiga Rossiya harbiy kemasi tomonidan urib zarba berilishi aks etgan video tarqatildi (video)


Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakov Twitter’ga Ukraina kemalariga Rossiyaning “Don” chegara kemasi tomonidan urib zarba berilishi aks etgan videoni joyladi, deb yozadi Meduza.

Avakovning so‘zlariga ko‘ra, kadrlar Ukraina xizmatlari tomonidan muhrlangan, rus tilidagi muzokaralar esa Rossiya tomonidan tajovuzkorlik haqida guvohlik beradi.

Qora dengizda Rossiya va Ukraina kemalari o‘rtasidagi voqealar 25-noyabr kuni ertalabdan buyon davom etmoqda. Rossiya federal xavfsizlik xizmati Ukrainaning uchta harbiy kemasi Rossiya hududiy suvlariga noqonuniy kirgani haqida xabar berdi. Ular Odessadan Mariupolga yo‘l olgan, ammo ularni Kerch bo‘g‘ozidan o‘tkazishmagan.

Kechga borib, Kiyev Rossiyani Kerch bo‘g‘ozi yaqinida Ukraina kemalarini qo‘lga olishda aybladi. FXX da’vo qilishicha, Ukraina kemalari ortga burilib, qaytib ketgan. Ikki nafar ukrain dengizchi yaralangani xabar qilinmoqda.

Ogohlantirish: videoda so‘kish so‘zlari bor.

МВС України спецзасобами отримало доступ до відео провокації -тарана російського прикордонного корабля "Дон" українського???????? судна. Перехоплене відео знято російськими, чутні команди - це піде доказом в міжнародний суд!
Агресія! Гуртуемось та очікуємо реакції дружніх країн! pic.twitter.com/f0e9hFB1BT

— Arsen Avakov (@AvakovArsen) November 25, 2018



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-11-2018, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют