» » Surxondaryoda Zulfiya mukofoti uchun tanlovning viloyat bosqichiga otkazish uchun pora soragan ayol qolga olindi

Surxondaryoda Zulfiya mukofoti uchun tanlovning viloyat bosqichiga otkazish uchun pora soragan ayol qolga olindi


Zulfiya nomidagi davlat mukofoti uchun otkazilgan korik-tanlovning Termiz shahar bosqichida nomzodni viloyat bosqichiga otkazish evaziga 200 AQSh dollari soragan shaxs pora olayotganda qolga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi matbuot xizmati malum qildi, deya xabar beradi Turon 24.

Voqea 17-noyabr kuni Termiz shahrida roy bergan. Pora olgan ayol Termiz shahar xalq talimi bolimining manaviy-axloqiy, tarbiya va bolalarni ijtimoiy himoya qilish shobasi mudiri vazifasida ishlab kelgan. U ismi oshkor etilmagan fuqaroga qizini Zulfiya nomidagi davlat mukofoti uchun otkazilgan korik-tanlovning shahar bosqichidan viloyat bosqichiga otkazib berishini aytgan. Buning uchun 200 AQSh dollari berishini talab qilgan.

Qonunbuzar pora olayotgan vaqtda departamentning Termiz tuman bolimi tomonidan ushlangan. Unga nisbatan jinoyat ishi qozgatilgan. Ayni paytda tergov olib borilmoqda.

Malum qilinishicha, jinoyat ustida qolga olingan ayol oldin ham firibgarligi uchun sudlanib, 2017-yilning 5-iyulida jinoyat ishlari boyicha Termiz shahar sudining hukmi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (26-11-2018, 09:15)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
:
-
:
20 ... -