» » Salvadordagi yagona begemot noma’lum kishilarning hujumi natijasida vafot etdi

Salvadordagi yagona begemot noma’lum kishilarning hujumi natijasida vafot etdi


Salvadordagi yagona begemot noma’lum kishilar tomonidan qilingan hujum natijasida olgan jarohati tufayli vafot etdi. U mamlakat poytaxti San-Salvador shahridagi hayvonot bog‘ida saqlanayotgan edi. Bu haqda mamlakat madaniyat vazirligining Facebook’dagi sahifasida xabar berildi.

“Madaniyat vazirligi afsus bilan xabar qiladiki, 26-fevral, yakshanba kuni kechasi, begemot Gustavito vafot etdi. O‘lim og‘ir jarohatlar tufayli hayvon salomatligining yomonlashishi natijasida yuz berdi. Hayvon jarohatni qo‘rqoqlarcha qilingan noinsoniy hujum oqibatida olgan”, — deyiladi xabarda.

San-Salvador hayvonot bog‘i shifokorlari payshanba kuni Gustavito o‘zini g‘alati tutayotganiga e’tibor berdi. Begemot suvdan chiqmasdan, ovqat yeyishdan bosh tortdi. Ko‘rik vaqtida veterinarlar va biologlar hayvonning boshida va tanasida hujum natijasida olingan shishlar va jarohatlar borligini aniqladi.

Hodisa natijasida hayvonot bog‘i vaqtincha yopildi. Begemotning o‘limi Salvador aholisining qayg‘usiga sabab bo‘ldi. Ko‘plab kishilar hayvonot bog‘iga sham yoqish uchun keldi.

“RIA Novosti”ning xabar berishicha, 16 yoshli begemot hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilarning sevimli hayvoni bo‘lgan. Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari boshlandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-02-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют