» » “PROlogue“ kinofestivalining hakamlar hay’atiga Rossiya xalq artisti Sergey Shakurov rahbarlik qiladi

“PROlogue“ kinofestivalining hakamlar hay’atiga Rossiya xalq artisti Sergey Shakurov rahbarlik qiladi


PROlogue IV xalqaro kinofestivali direksiyasi to‘liq va qisqa metrajli filmlar tanloviga hakamlik qiladigan xalqaro hakamlar hay’ati tarkibini e’lon qildi, deb xabar berdi O‘zA.

Ular orasida Rossiya, Germaniya, AQSh, Polsha, Shveysariya, Italiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning ko‘zga ko‘ringan kino ijodkorlari bor.

To‘liq metrajli filmlar tanlovining xalqaro hakamlar hay’atiga mashhur teatr va kino aktyori, Rossiya xalq artisti, ko‘plab mukofotlar sohibi Sergey Shakurov rahbarlik qiladi. Qozog‘istondan rejissor va ssenarist Rustam Abdrashev, teatr va kino aktyori, O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev, rossiyalik postanovkachi operator Sergey Astaxov, AQShdan kinofestival tashkilotchisi Piter Skarlett va polshalik rejissor Kuba Chekay ham hakamlar hay’ati tarkibiga ham kirdi.

Qisqa metrajli filmlar tanlovining hakamlar hay’atiga taniqli o‘zbek rejissori, ko‘plab xalqaro kinofestivallarining laureati Ayub Shahobiddinov rahbarlik qiladi. Uning boshchiligidagi hay’at tarkibida prodyuser Fabio Kanepa (Italiya), aktyor Filipp Reynhartd (Shveysariya), postanovkachi operator Maks Tsui (Germaniya), kino eksperti va kinoshunos Gulbara Tolomushova (Qirg‘iziston) o‘rin olgan.

PROlogue IV Xalqaro kino festivali O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan “O‘zbekkino“ milliy agentligi, Toshkent shahar hokimligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, Yosh kinematograflar kengashi, O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-11-2018, 11:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 14) ( 0) ( 13) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют