» » Toshkentda yana bir avtobus yonib ketdi

Toshkentda yana bir avtobus yonib ketdi


28-fevral kuni Toshkentning O‘zgarish dahasida Mercedes-Benz rusumli avtobus yonib ketdi. Bu haqda Facebook‘dagi “Voditeli Tashkenta” (“Drivers.uz”) guruhi a’zolari ma’lum qildi.

Postga ilova qilingan surat avtobusdan ancha orqada turib olingan bo‘lib, unda jamoat transporti vositasidan quyuq tutun chiqayotganini ko‘rish mumkin. “Navbatdagi avtobus yonmoqda”, — deyiladi postda.

Izohlarda foydalanuvchilarning voqeaga nisbatan taajjub va norozilik to‘la fikrlarini o‘qish mumkin.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar, shuningdek, avtobus qay darajada zarar ko‘rgani haqida ma’lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentning Qorasuv ko‘chasida 23-fevral, payshanba kuni Mercedes-Benz Conecto Low Floor avtobusida yong‘in kelib chiqqan edi.

Опубликовано: admin (28-02-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют