» » La Liga. “Sevilya” peshqadam, “Barselona” 2-o‘rinda, “Real M” esa kuchli beshlikda ham yo‘q

La Liga. “Sevilya” peshqadam, “Barselona” 2-o‘rinda, “Real M” esa kuchli beshlikda ham yo‘q


23—25-noyabr kunlari futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasi 13-turi doirasida 9 ta bellashuv o‘tkazildi.

Turning ilk o‘yinida “Leganes” “Alaves”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Madridning “Real” jamoasi 13-turda “Eybar” mehmoni bo‘lib, 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

“Valensiya” esa duranglar girdobidan chiqib ketdi. Jamoa “Rayo Valyekano”ni mehmon qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Santi Mina dublga erishgan bo‘lsa, yana bir gol Kevin Gameyro tomonidan kiritildi.

Turning markaziy o‘yinida “Barselona” safarda “Atletiko Madrid” bilan durang qayd etdi. Mezbonlar safida Diyego Kosta hisobni ochgan bo‘lsa, Usmon Dembele “Barselona”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golga mualliflik qildi.

“Sevilya” esa o‘z uyida “Valyadolid”ni qabul qilib, 30-daqiqada Andre Silva tomonidan kiritilgan gol evaziga g‘alaba qozondi. Natijada andalusiyaliklar musobaqa jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Turning so‘nggi o‘yinida “Real Sosyedad” o‘z uyida “Selta”ni qabul qiladi.

13-turdan so‘ngi La Liga musobaqa jadvalidagi holat:

La Liga

13-tur bahslari

23-noyabr, juma

Gol: 1:0 – 42 An-Nosiri.

24-noyabr, shanba

Gollar: 1:0 – 16 Eskalante, 2:0 – 52 Enrik, 3:0 – 57 Kike.

Gollar: 1:0 – 35 Santi Mina, 2:0 – 61 Santi Mina, 3:0 – 76 Gameyro.

Gollar: 1:0 – 23 Rivera, 1:1 – 45 Marti, 2:1 – 51 Echeyta, 2:2 – 74 Boateng.

Gollar: 1:0 – 77 Diyego Kosta, 1:1 – 90 Dembele.

25-noyabr, yakshanba

Gollar: 1:0 – 67 Nolaskoayn, 1:1 – 77 Mata.

Gol: 1:0 – 30 Andre Silva.

Gollar: 0:1 – 4 Stuani, 0:2 – 6 Stuani, 1:2 – 74 Iglesias, 1:3 – 90 Dumbiya.

Gollar: 1:0 – 52 Moreno, 2:0 – 54 Chukvueze, 2:1 – 90 Lo Chelso.

26-noyabr, dushanba

Assistentlar ro‘yxati

To‘purarlar ro‘yxati



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-11-2018, 11:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют